Ta'lim
dasturi

Ta'lim dasturi

Fanlarga mos darajadagi
sinfda o'qitish

Bolaning barcha fan bilimlari bir xil tezlikda o'sishiga olib keladi

5-7 sinflar

Boshlang'ich

kimyo va biologiya

Bu bosqichda o'quvchilar tabiiy fanlarga qiziqish uyg'otadi. Kimyo va biologiyaning eng asosiy tushunchalarini sodda usullar orqali tajribalar va kuzatishlar orqali o'rgatiladi. O'quvchilar laboratoriya mashg'ulatlarini hayotga bog'ab o'rganishadi. STEM fanlari; Fan (Science), Texnologiya (Technology), Muhandislik (Engineering) va Matematika (Mathematics) yo'nalishlarini boshlang'ich qismini o'z ichiga oladi va bu fanlarni maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali o'quvchilarga fan va hayotni bog'liqligini chuqur o'rganishni boshlashadi. Chuqurlashtirilgan ingliz tili va matematika O'quvchilarga matematika va ingliz tili fanlarini boshlang'ich qisimda boshqa fanlarga nisbatan ko'proq o'qitamiz. Shu orqali Ingliz tili asosiy kommunikatsiya vositasi sifatida o'quvchini rivojlantiriladi: o'qish, yozish, tinglash va gapirish ko'nikmalari birgalikda shakllantiriladi. Matematika esa mantiqiy fikrlashni yoshligidanoq rivojlantirishga e'tibor qaratamiz. Ijtimoiy odoblar va ilm olishni o'rganish O'quvchilarda hurmat, mas'uliyat, jamoada ishlash kabi ijtimoiy ko'nikmalar shakllantiriladi. Shu bilan birga, qanday qilib samarali o'qish, eslab qolish va bilim olish metodlari o'rgatiladi. Boshlang'ich hayotiy ko'nikmalar Vaqtni boshqarish, oddiy muammolarni hal qilish, mustaqil qaror qabul qilish kabi kundalik hayotda zarur bo'lgan ko'nikmalar rivojlantiriladi.


8-9 sinflar

Chuqurlashtirilgan

kimyo va biologiya

Chuqurlashtirilgan kimyo va biologiya fanlari Bu bosqichda o'quvchilar fanlarni tizimli va chuqur o'rganishni boshlash orqali mavzularni mohiyati bilan o'rganishni boshlashadi. Ilmiy tahlil qilish va xulosa chiqarish ko'nikmalari rivojlanadi. Qobiliyatdan kelib chiqib yo'nalishni aniqlash Har bir o'quvchining qiziqishi va kuchli tomonlari aniqlanadi. Shu asosda ular kelajakdagi yo'nalishini tibbiyot, muhandislik va olimlikga yo'nalishlarini aniqlashga yordamlashiladi. Shu bilan birga mahaliy yoki xorijiy univarsitetlarga moslab yo'naltiriladi. A Level, IELTS, FCE, SAT sertifikatlariga tayyorlanish Chet universitetlarda o'qimoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun yuqoridagi sertefikatlar universitetga qabul qilinishida va turli miqdordagi GRANTlarni yutishida muhim ahamiyatga ega bo'lanligi uchun o'quvchilarni xalqaro sertefikatlarga bosqichma bosqish o'qitamiz. Ongli qaror qabul qilish va ijtimoiy mas'uliyatni shakllantirish O'quvchilar hayotiy vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish, o'z harakatlari uchun javobgarlikni his qilishni o'rganadi. Jamiyatga foydali bo'lish tushunchasi shakllantiriladi. Eng muhim hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish Tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, kommunikatsiya va jamoada ishlash kabi zamonaviy ko'nikmalar rivojlantiriladi. Portfolio shakllantirish Har bir o'quvchi o'z yutuqlari, sertifikatlari va loyihalarini jamlaydi. Bu kelajakda universitetga kirishda va GRANTlar yutishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.


10-11 sinflar

Xalqaro va mahalliy

sertifikatlar

Xalqaro va mahalliy sertifikatlar (A Level, IELTS, SAT, FCE, CEFR va boshqalar) O'quvchilar yuqori darajadagi sertifikatlarni olish uchun intensiv tayyorgarlikdan o'tadi. Har bir o'quvchi o'z yo'nalishiga mos imtihonlarga individual tayyorlanish orqali sertefikatlarni qo'lga kiritishadi. TOP universitetlarga kirish O'quvchilarga dunyoning nufuzli universitetlariga kirish jarayoni to'liq o'rgatiladi: hujjat topshirish, motivatsion esse yozish, intervyudan o'tish va grant olish imkoniyatlarini qo'lga kitishadi. Birinchi tibbiy yordam va hayot xavfsizligi Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish, birinchi yordam ko'rsatish va hayot xavfsizligi qoidalari amaliy tarzda o'rgatiladi. Boshlang'ich kasbiy tushunchalar O'quvchilar tanlagan yo'nalishlari bo'yicha ilk kasbiy bilimlarga ega bo'ladi. Amaliy mashg'ulotlar va real hayotiy misollar orqali kasbga tayyorgarlik boshlanadi.