Colba Maktabiga Qabul
va Kirish Imtihonlari
Colba Maktabiga o'quvchilar kirish imtihonlari orqali qabul qilinadi.
Imtihon bosqichi
- Yopiq test savollari
- Ochiq (yozma) savollar
Suhbat bosqichi
- Imtihondagi xatolar sababi tahlil qilinadi
- O'quvchining darsni tushunmaganmi, yodlamaganmi, yoki umuman o'rganmaganmi — shu aniqlanadi
- O'quvchining o'qishga bo'lgan motivatsiyasi va mas'uliyati baholanadi
Maxsus sinov tariqasida qabul qilish
- O'quvchining shaxsiy salohiyati
- Avvalgi o'qigan maktabidagi sharoitlar
- O'qishga bo'lgan intilish va motivatsiya
Fanlar bo'yicha ballar taqsimoti
| Sinflar | Matematika | Ingliz Tili | Kimyo | Biologiya | Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 5 - 6 - 7 - sinflar | 70 ball | 30 ball | — | — | 100 ball |
| 8 - 9 - sinflar | 25 ball | 25 ball | 25 ball | 25 ball | 100 ball |
| 10 - 11 - sinflar | 20 ball | 20 ball | 30 ball | 30 ball | 100 ball |
Eslatma: yuqori sinflar uchun talablar — yuqoriroq, kichik sinflar uchun esa — nisbatan qulayroq
Imtihon mavzulari haqida qisqacha
Matematikadan oddiy va o‘nlik kasrlar, arifmetik amallar hamda sodda tenglamalarni yechish bo‘yicha savollar beriladi. Ingliz tilidan esa asosan Present Simple grammatikasi, so‘z boyligi va oddiy matnni tushunish qobiliyati tekshiriladi.
Kimyo fanidan atom tuzilishi, kimyoviy formulalar va moddalarning asosiy xossalari bo‘yicha savollar beriladi. Biologiyadan esa hujayra tuzilishi, inson anatomiyasi va genetika asoslari kabi mavzular imtihon dasturiga kiritilgan.
Ko‘p beriladigan savollar
Imtihonlar qabul mavsumida har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqtda offline tarzda o‘tkaziladi.
COLBA maktabiga kirish imtihonlarida qatnashish bepul.
Imtihondan yiqilgan o‘quvchilarimizga tayyorlov guruhlarida o‘qish imkoniyati beriladi.
Imtihon natijalari imtihon bo‘lgan kunning o‘zida qabul menejerlari tomonidan e’lon qilinadi.