← Bloglarga qaytish
#Qabul_2026

Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan xususiy maktab - Colba | Qabul 2026

Farzand hayotida maktab bosqichining ahamiyati haqida va tabiiy fanlarga qiziquvchi, xossatan kimyo va biologiya fanlariga qiziquvchi o’quvchilar uchun o’z eshiklarini ochayotgan Colba xususiy maktabi haqida. Colba maktabi 4 filialga ega: 3 ta Toshkent shahrida va 1 ta Samarqand viloyatida. Uning asoschilari Doniyor Nasriddinov xalqaro kimyo fani olimpiadalarida yuqori o’rinlardani egallagan

Colba School·11-iyul, 2026·👁 13 ko'rilgan

Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan xususiy maktab - Colba | Qabul 2026

Maqola xulosasi (summary): Farzand hayotida maktab bosqichining ahamiyati haqida va tabiiy fanlarga qiziquvchi, xossatan kimyo va biologiya fanlariga qiziquvchi o'quvchilar uchun o'z eshiklarini ochayotgan Colba xususiy maktabi haqida. Colba maktabi 4 filialga ega: 3 ta Toshkent shahrida va 1 ta Samarqand viloyatida. Uning asoschilari Doniyor Nasriddinov xalqaro kimyo fani olimpiadalarida yuqori o'rinlardani egallagan.


To'g'ri maktab tanlash bosqichi farzandingiz hayoti davomida erishadigan muvaffaqiyatlariga qo'yilgan eng muhim qadamdir. Agar farzandingiz tabiiy fanlarga qiziqsa va kelajakda tibbiyot yoki xalqaro ilm-fan sohalarida yetakchi bo'lishini istasangiz, COLBA maktabi ayni siz qidirgan maskandir.

COLBA qanday maktab?

2022-yilda o'z faoliyatini boshlagan COLBA maktabi — bu tibbiyotga va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy maktab. Bu yerda shunchaki dars o'tilmaydi, balki o'quvchilar xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishishlari uchun poydevor yaratiladi.

Maktabda Kimyo, Biologiya, Ingliz tili va STEM fanlari chuqurlashtirilib, amaliyot bilan bog'langan holda o'rgatiladi. Bugungi kunda maktabda 700 dan ortiq o'quvchilar 300 dan ziyod malakali mutaxassislar qo'l ostida ta'lim olmoqda.

Maktabning eng katta yutuqlaridan biri:

Maktab bitiruvchilarining 100 foizi ya'ni hammasi talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan. Eng quvonarlisi, ularning 48 foizi to'liq grant asosida nufuzli oliygohlarga qabul qilingan.

Ta'lim tizimi

Colba maktabida ta'lim tizimi 7 yillik maxsus dasturga asoslangan bo'lib, o'quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib uch bosqichga bo'linadi:

  • 5-7 sinflar (Boshlang'ich ixtisoslik): Kimyo va biologiyaga kirish, STEM fanlari va ijtimoiy odoblarni o'rganish.
  • 8-9 sinflar (Chuqurlashtirilgan bosqich): Qobiliyatga qarab yo'nalishni aniqlash, A level, IELTS va SAT kabi xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlikni boshlash.
  • 10-11 sinflar (Xalqaro daraja): Top universitetlarga kirish uchun bevosita tayyorgarlik, birinchi tibbiy yordam va xalqaro/milliy sertifikatlarni qo'lga kiritish.

Shuningdek, maktabda o'quvchilarga nafaqat akademik bilimlar, balki ,,Kelajak me'mori'' dasturi orqali hayotiy ko'nikmalar (soft skills) ham doimiy ravishda o'rgatib boriladi.


Colba xususiy maktabi asoschilari haqida ikki og'iz

Ta'lim maskanini tanlashda uning ortida kimlar turgani, ularning ta'limdagi tajribasi juda muhim. Colba maktabining muvaffaqiyati siri ham uning asoschilari va kuchli jamoasida yashiringan:

Doniyor Nasriddinov (Boshqaruv kengashi raisi)

  • 16 yillik amaliy pedagogik tajribaga ega mutaxassis.
  • Xalqaro fan olimpiadalari g'olibi va kimyo fani eksperti.
  • Mustaqil ilmiy tadqiqotchi, COLBA maktablari va QANOT ilmiy tadqiqotlari instituti hammuassisi.

Jahongir Nasriddinov (Kompaniya rahbari - CEO)

  • Farmatsevt, kimyogar va mustaqil ilmiy tadqiqotchi.
  • Ta'lim va boshqaruv sohalarida 12 yillik tajribaga ega yetakchi tadbirkor.
  • 1SAFF ITC hamda COLBA o'quv markazlari asoschilaridan biri.

Asoschilarning aynan tabiiy fanlar (kimyo, farmatsevtika) mutaxassislari ekanligi maktabdagi ta'lim sifatining yuqori bo'lishini va laboratoriya-amaliy mashg'ulotlarga katta e'tibor qaratilishini kafolatlaydi.

Nima uchun farzandingizni COLBA maktabiga berishingiz kerak?

  1. Faol amaliy darslar: Barcha o'quvchilar zamonaviy laboratoriyalarda mustaqil tajribalar o'tkazish imkoniyatiga ega.
  2. Sog'lom muhit va sport: Tarbiyali sinfdoshlar, faol hayot tarzi va ommaviy sport tadbirlari.
  3. Rag'batlantirish tizimi: Yaxshi o'qigan o'quvchilar uchun "Colby" ichki pul birligi, oylik stipendiyalar va ta'lim grantlari mavjud.
  4. Xalqaro daraja: O'quvchilar A level, IELTS, SAT, FCE kabi sertifikatlarni qo'lga kiritib, bemalol Xalqaro TOP universitetlarga kira oladilar.

O'quvchilarimizning natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://colbamaktabi.uz/natijalar

Qabul 2026 mavsumi uchun ro'yxatdan o'tish jarayonlari ochiq! Agar farzandingizning dunyoqarashini kengaytirib, uni kelajakning malakali shifokori, kuchli mutaxassisi yoki nufuzli xalqaro universitet talabasi sifatida ko'rishni niyat qilgan bo'lsangiz, bugunoq Colba maktabiga murojaat qiling. Tashkent shahridagi Yunusobod va Chilonzor, shuningdek, Samarqand filiallari sizni kutmoqda.

Colba maktabi bilan bog'lanish uchun: https://colbamaktabi.uz/qabul

Telefon: +998555572020

Manzillarimiz: https://colbamaktabi.uz/